13:56 / 15.03.2017
6750

O‘sh shahri qachon to‘liq gazlashtirilishi aytildi

Qirg‘izistonning O‘sh shahrini butunlay gazlashtirish 2020 yilga qadar yakunlanadi. Bu haqda Qirg‘iziston janubiy poytaxti hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Uning ma'lumotlariga ko‘ra, shahar hokim Aytmamat Qodirboyev “O‘shgaz”ning filiali “Gazprom Qirg‘iziston” faoliyati bilan tanishgan hamda unga so‘nggi yil davomida amalga oshirilgan ishlar va kelajakdagi rejalar haqida hikoya qilib berishgan.

Hokimlikdan xabar qilinishicha, 2016 yilda “O‘shgaz” 61 ming 334 abonentni yonilg‘i bilan ta'minlagan, 12 obektdagi umumiy uzunligi 12,6 kilometr bo‘lgan ishonchsiz gaz quvurlarini almashtirgan hamda yettita gazni tartibga solish punktlari binosini kapital ta'mirdan chiqargan. So‘nggi ikki yil davomida korxona xodimlari tabiiy gaz sizib chiqishining 24 ming holati oldini olishdi.

Ma'lumot uchun, O‘sh shahridagi gaz quvurlarining umumiy uzunligi 771,3 kilometrni tashkil etadi.

Top