15:42 / 16.03.2017
6655

Abdulaziz Komilov YeTTB Prezidenti bilan uchrashdi

2017 yilning 16 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YeTTB) O‘zbekistonga tashrif buyurgan nufuzli delegatsiyasiga boshchilik qilayotgan YeTTB Prezidenti Suma Chakrabarti bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Axborot xizmati xabar bermoqda.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va bank o‘rtasidagi to‘laqonli, konstruktiv ruhdagi va o‘zaro manfaatli hamkorlikni qayta tiklash nuqtai nazaridan munosabatlarni mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.

Muzokaralar davomida 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi qoidalarini hamda mamlakatda keng ko‘lamli islohotlar va chuqur o‘zgarishlar amalga oshirishga yo‘naltirilgan boshqa qarorlarni hayotga tatbiq etishda YeTTB ishtirokidan tomonlar manfaatdor ekanligi ta'kidlandi.

Top