07:39 / 16.03.2017
5339

Chempionlar Ligasi: "Atletiko" "Bayyer" bilan durang o‘ynab, chorak finalga yo‘l oldi

Chempionlar Ligasi 1/8 finalining javob uchrashuvida "Atletiko" o‘z maydonida "Bayyer"ni qabul qildi. "Visente Kalderon" stadionida o‘tgan uchrashuv 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi.   

Birinchi uchrashuvda Madrid klubi 2:4 hisobida g‘alaba qozongandi. Shu yutuq evaziga "Atletiko" musobaqaning chorak finaliga yo‘l oldi, leverkuzenliklar esa musobaqadagi ishtiroklarini yakunladilar. 

Diyego Simeone shogirdlarining keyingi bosqichdagi raqiblari qur'a tashlash orqali aniqlanadi. E'tiborlisi, "Atletiko" musobaqaning chorak finaliga ketma-ket to‘rtinchi yil chiqa olmoqda.

Chempionlar Ligasi, 1/8 final, 2-uchrashuv

Atletiko (Madrid) – Bayyer (Leverkuzen) – 0:0

Mavzuga oid
Top