12:19 / 16.03.2017
12242

“Faktura.uz”: hamkorlarning vaqtini va naqdini saqlovchi elektron kurer

So‘nggi yillarda qog‘ozlar o‘rnini  elektron hujjatlar tobora egallab bormoqda. Mamlakatimiz ham bu borada ildam qadam tashlamoqda. O‘zbekiston qonunchiligida esa mazkur yo‘nalishda qator o‘zgarishlar yuz berdi.

Soliq kodeksining 222 moddasiga kiritilgan o‘zgartishlarga muvofiq, hozirda hisob-fakturalarni elektron hujjat ko‘rinishida tayyorlashga rasman ruxsat berilgan.

Bundan tashqari, “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi yangilangan qonun elektron hisob hujjatlarini qog‘ozli muqobiliga teng huquqli etib belgilaydi va ularga bir xil yuridik kuch beradi.

Qonunchilikdagi mazkur yangiliklar natijasida “Space Online Genesis” kompaniyasi “Faktura.uz” yagona axborot tizimini yaratdi. Ushbu tizim o‘z mijozlariga elektron hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish, yuborish va yetkazib berish bilan bog‘liq o‘ziga xos imkoniyatlarni taqdim etadi.

Nima uchun “Faktura.uz”ni tanlash lozim?

1.  “Faktura.uz” hujjatlarni chop etishga sarflanayotgan resurslarni tejab qoladi.

2.  Shartnoma va hujjatlarni yetkazib berish uchun ortiqcha vaqt sarflanmaydi. Qog‘ozning raqamli versiyasini yuborish bor-yo‘g‘i bir necha soniya vaqtni oladi.  

3.  Ko‘plab muammolar - hujjatning qog‘oz varianti yo‘qolib qolishi, iflos bo‘lishi yoki shunchaki kerakli manzilga yetib bormasligini oldi olinadi.  

4.   Elektron hujjatlarni saqlash mutlaqo qulay: ularni saqlash uchun ijara haqi to‘lash shart emas, kerakli hujjatni tezda belgilangan serverdan izlab topish mumkin.

5.   Avtomatlashtirilgan tizimda hujjatlar bilan bog‘liq barcha operatsiyalar (saralash, hisobotlar va boshqalar) bir lahzada amalga oshiriladi va bu buxgalterlardan ortiqcha mashaqqat talab etmaydi.

6.  Imzolangan hujjatni qalbakilashtirib bo‘lmaydi – hujjatga o‘zgarish kiritilsa, imzoga to‘g‘ri kelmay qoladi.

Ko‘p korxonalarning hozirgi kunda ichki ish yuritish jarayonlari elektron axborot tizimlari asosida bajariladi, hisobotlar va ishchi hujjat yurishi ham elektron ko‘rinishda. Faqatgina tashqi hamkorlar bilan har oy qaytariladigan hujjatbozlik hali hanuz qog‘ozda, shaxslar imzosini va korxona muhrini talab etmoqda.

Qolaversa, bu hujjatlarni shahar yoki respublika bo‘ylab eltib berish ham o‘ziga yarasha mashaqqat va noqulayliklarni tug‘diradi. Elektron aloqa esa qog‘ozni tejashga olib keladi.

“Faktura.uz” servisi huddi elektron pochtaga o‘xshab qurilgan. Foydalanuvchilar ro‘yxatdan o‘tishadi va o‘zlarining hamkorlariga elektron faylni – shartnoma, dalolatnoma, schet-faktura yoki boshqa ko‘rinishdagi hujjatlarni, xabarga ilova qilib, hujjatni imzolab, qabul qiluvchiga yuborishadi. Tizimda hamkorni qidirish uchun uning soliq to‘lovchi raqamini kiritish lozim bo‘ladi.
 
Ushbu tizimdan 3000 dan ziyod takshilot va muassalar, jumladan, mamlakatimizdagi barcha tijorat banklari foydalanib kelmoqda
 
Hozirda “Faktura.uz” xizmatidan foydalanish bo‘yicha  "Uzmobile" Milliy aloqa operatori, Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi (Uzcard) hamda UPAY va PayCom to‘lov operatorlari bilan shartnomalar imzolangan.   

 “Faktura.uz”dan foydalanishning yana boshqa ko‘plab foydali jihatlari ham mavjud:

•  Uzcard korporativ kartalari to‘lov kvitansiyalarining elektron imzoli shaklini qabul qilish yo‘lga qo‘yildi. Bu esa buxgalterlarning qog‘oz to‘lov cheklarini yig‘ish va saqlash kabi ortiqcha vazifalardan xalos bo‘lishiga imkon beradi.

•  To‘lov qabul qilish shaxobchalari to‘lov terminallari hisobotlarini ham “Faktura.uz” tizimidan olishlari mumkin.

•  1S dasturi bilan ham integratsiya ishlari amalga oshmoqda.

“Faktura.uz” kabi axborot tizimlarining paydo bo‘lishi ish jarayonida mutlaqo yangi, samarali model paydo bo‘lganidan  darak beradi. U vaqt, mablag‘ va inson resurslarini tejash hamda kompaniya oldiga qo‘yilgan vazifalarni oson uddalashga yaqindan ko‘maklashadi.

Reklama huquqi asosida.

Mavzuga oid
Top