09:50 / 16.03.2017
13817

Futbol siyosatga aralashtirildi. Jabrlanuvchi - «Borussiya»

15 mart kuni ertalab Dortmundning «Borussiya» klubi tvitteri xakerlar tomonidan buzildi. 

Bild nashri bergan xabarga ko‘ra, bu Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an tarafdorlari bo‘lgan xakerlar tomonidan amalga oshirilgan. 

Xakerlar sahifada qoldirgan postida Erdo‘gan surati bilan birgalikda, Germaniya va Niderlandiyani natsizmda ayblashgan. Biroz vaqt o‘tgach, post sahifadan o‘chirilgan.

Klub matbuot-xizmati ushbu voqea yuzasidan uzr so‘rab, akkauntning buzilgani haqida xabar bergan foydalanuvchilarga minnatdorchilik bildirgan. 

Mavzuga oid
Top