11:56 / 16.03.2017
7845

«Manchester Siti» YeChLda antirekord o‘rnatdi

«Manchester Siti» Chempionlar ligasining 1/8 finali javob bellashuvida «Monako»ga imkoniyatni boy berdi (1:3). Angliyaliklar ilk bahsda 5:3 hisobida zafar quchgandi. Shu tariqa, «Manchester Siti» musobaqani tark etdi, «Monako» esa chorak finalga yo‘l oldi.

«Manchester Siti» Chempionlar ligasi tarixida ikki bellashuvlik qarama-qarshilikning birinchisida beshta to‘p kiritgan, biroq javob uchrashuvi yakuniga ko‘ra keyingi bosqichga chiqa olmagan birinchi klubga aylandi.

Shuningdek angliyaliklar Chempionlar ligasida ikki uchrashuvda umumiy hisobda oltita gol kiritgan, ammo turnirning keyingi raundiga chiqa olmagan birinchi jamoa bo‘ldi.

Top