14:10 / 17.03.2017
7885

Afg‘onistonda terrorchilar harbiy bazaga hujum qildi

Afg‘oniston g‘arbida joylashgan Xo‘st viloyatidagi mamlakat armiyasi harbiy bazasi hududiga uch nafar xudkush-terrorchi minalashtirilgan avtomobilda kirishga harakat qildi, deb xabar bermoqda TOLO News.

Portlovchi qurilma joylashtirilgan mashina nazorat-o‘tkazish punktidagi soqchilarning o‘q uzishidan so‘ng to‘xtadi va harbiy qism hududiga yaqin joyda portlab ketdi.

Hodisa oqibatida bir harbiy xizmatchi halok bo‘ldi, yetti nafar inson jarohatlangan. Voqea joyidan uch terrorchining jasadi topildi.

Ma'lumot uchun, 8 mart kuni mamlakat poytaxti Kobul shahrida jangarilar harbiy gospitalga hujum qildi. Otishma natijasida bir necha nafar tibbiy xizmatchi, shuningdek kasalxonani qo‘riqlayotgan harbiy xizmatchilar halok bo‘ldi.

Top