16:17 / 17.03.2017
31654

Qur'a tashlandi. «Real» «Bavariya»ga, «Barselona» «Yuventus»ga qarshi

Bugun UYeFAning Non shahridagi qarorgohida Chempionlar ligasining chorak final bosqichi uchun qur'a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qur'adan oldin jamoalar savatchalarga ajratilmadi va bir assotsiatsiya vakillari o‘zaro to‘qnash kelishi mumkin bo‘ldi.

Unga ko‘ra, quyidagi juftliklar yuzaga keldi.

«Atletiko» Madrid – «Lester»
«Borussiya» D – «Monako»
«Bavariya» – «Real» Madrid
«Yuventus» – «Barselona»

Chorak finalning dastlabki uchrashuvlari 11-12 aprel kunlarida, javob uchrashuvlari 18-19 aprel kunlarida o‘tkaziladi.

Final uchrashuvi 3 iyun kuni Kardiffda bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Mavzuga oid
Top