09:55 / 17.03.2017
14480

Londondagi eng kichkina uylardan birining narxi million dollarga yetdi

London shahridagi eng kichik uylardan birining narxi 800 ming funt sterlingga qadar qimmatlashdi (taxminan bir million dollar). Avvaliga ko‘chmas mulkni 700 ming funtga sotish rejalashtirishgandi, biroq xaridor 100 ming ko‘proq to‘ladi, deb xabar qiladi L!FE.ru.

London markazida kichik uyga egalik qilish uchun haqiqiy kurash boshlanib ketdi. Bitta yotoqxonali ko‘chmas mulk 50 yil ichida ilk bora sotuvga qo‘yildi. Uyning umumiy maydoni – 27 kvadrat metr.

Bir oy ichida sotuvga qo‘yilgan uyni 100 nafardan ortiq kishi kelib ko‘rgan. Britten ko‘chasidagi uyga egalik qilish uchun esa 19 kishi kurash olib bordi, hamda uzoq savdolar davomida noyob xonadonni 713 ming 823 funt taklif qilgan Robin Sveylsga sotish haqida qaror qabul qilindi.

North Oxford Property Services kompaniyasi egasi mister Sveyls o‘zining barcha pullarini sarflashdan qo‘rqmadi, sababi uy unga katta daromad keltirishini his etdi. "Har birimiz London markazidagi uyda istiqomat qilishni orzu qilamiz. Uy juda kichik bo‘lishiga qaramay, u o‘ziga tortuvchi kuchga ega. Biz uni o‘zgartirib, bu yerda yashashni rejalashtirganmiz".

Mutaxassislarning taxminiga ko‘ra, Kings Roud yonida joylashgan uyda ta'mirlash ishlari olib borilsa, uning narxi million funtga qadar qimmatlashadi.

Agarda ikkinchi qavatga ko‘tarilsa, yotoqxonadan Seynt Lyuks Garden bog‘iga ajoyib manzara ochiladi. Ta'kidlanishicha, uyning katta qiymati nafaqat uning joylashgan yeri, balki noyobligi bilan ham bog‘liq. Bu yerda yashaydigan har bir inson, bunday uy boshqa hech kimda yo‘q ekaniga ishonadi.

Taqqoslash uchun, shuncha pulga Somerset grafligidagi Yovil shahridagi beshta yotoqxonaga ega ekouyni yoki Xerefordshir grafligidagi Bosberi qishlog‘idan uncha uzoq bo‘lmagan yerda XVI asrda qurilgan ko‘chmas mulkni sotib olish mumkin edi.

Mavzuga oid
Top