21:12 / 17.03.2017
56676

Shavkat Mirziyoyevning Ostonaga tashrifi bo‘yicha rasman ma'lumot berildi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan 2017 yil 22-23 mart kunlari davlat tashrifi bilan Qozog‘istonda bo‘ladi. Bu haqda O‘zA rasman ma'lumot berdi.

Oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralarda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari muhokama qilinadi.

Davlatimiz rahbarining tashrifi doirasida Ostona shahrida O‘zbekiston Milliy sanoat ko‘rgazmasi va ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining nufuzli delegatsiyalari ishtirokida qo‘shma biznes-forum o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Tashrif yakunlari bo‘yicha davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo bir qator muhim hujjatlar, shuningdek, O‘zbekiston – Qozog‘iston hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan salmoqli tijoriy shartnomalar imzolanishi rejalashtirilgan.

Top