20:12 / 17.03.2017
16976

"Transformerlar" beshinchi qismi yangi treyleri chiqdi

Paramount Pictures studiyasi "Transformerlar" yangi qismining ikkinchi treylerini taqdim etdi. 

Franshizaning "Transformerlar: So‘nggi ritsar" nomli beshinchi epizodida robot-avtobotlar yana insoniyatni dushman kayfiyatidagi deseptikonlardan qutqaradi. Yangi qismdagi bosh salbiy qahramonga deseptikonlar ishlab chiqaruvchisi Galvatron aylanadi.

Film byudjyeti 260 million dollarga teng, unda bosh rollarni Entoni Xopkins, Mark Uolberg, Lora Xeddok, Jon Gudman va Stenli Tuchchi ijro etgan. Suratga olish ishlarida “dunyodagi eng yolg‘iz it” – Freya laqabli stafford ham qatnashdi.

Mavzuga oid
Top