19:30 / 18.03.2017
5729

«Arsenal» navbatdagi mag‘lubiyatini «Vest Bromvich»dan qabul qilib oldi

Angliya chempionatining 29-turida «Arsenal» «Vest Bromvich» maydoniga safar qildi. Uchrashuv mezbonlarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Mezbonlar safida Douson dubl qayd etdi, Robson-Kanu yana bir golga mualliflik qildi, londonliklarning javob goli Sanches tomonidan urildi. 

Endilikda «Arsenal» 50 ochko bilan turnir jadvalida beshinchi o‘rinda qoldi, «Vest Bromvich» ochkolari sonini 43taga yetkazgan holda sakkizinchi o‘ringa joylashdi.

Angliya chempionati, 29-tur
Vest Bromvich – Arsenal 3:1
Gollar: 1:0 – 12 Douson, 1:1 – 15 Sanches, 2:1 – 55 Robson-Kanu, 3:1 – 75 Douson. 
Vest Bromvich – Foster, Makoli, Nom, Douson, Evans, Fletcher, Livermor, Shadli, Brant (Yakob, 72), Makkleyn, Rondon (Robson-Kanu, 54).
Arsenal – Chex (Ospina, 38), Mustafi, Monreal, Belerin, Koselni, Remzi, Djaka, Uolkott (Jiru, 65), Oksleyd-Chemberlen, Sanches (Ivobi, 78), Uelbek.
Ogohlantirishlar: Makkleyn (42).

Top