08:59 / 18.03.2017
14906

Bred Pitt va Anjyelina Joli zaytun moyi ishlab chiqardi

Bred Pitt va Anjyelina Joli zaytun moyi sotmoqda. Bu mahsulot Hollivud aktyorlarining Fransiyadagi Shato Miraval mulkida yetishtirilgan, deb xabar qilmoqda People nashri.

Ta'kidlanishicha, Perren oilasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilayotgan moy Fransiyada ikkita uncha katta bo‘lmagan oilaviy do‘kon va maxsus saytda sotilmoqda. Zaytun moyi «juda kam miqdorda» ishlab chiqilgan, biroq, bir necha oydan so‘ng AQShda paydo bo‘lishi mumkin. Xabarlarga ko‘ra, atigi 10 ming shisha moy ishlab chiqilgan. 

Shu bilan birga, Perren oilasi vakili Joli va Pitt Shato Miraval mulkini sotmoqchi ekaniga oid mish-mishlarni rad etib, bu ularning bolalari kelajagi uchun sarmoya ekanini ta'kidladi. 

Mavzuga oid
Top