09:33 / 18.03.2017
13191

Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi yig‘ilish o‘tkazildi

Andijon shahar hokimligi anjumanlar zalida aholi o‘rtasida diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash hamda diniy mutaassiblikka barham berish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda shahar hokimi o‘rinbosarlari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, ma'naviyat targ‘ibot markazi, “Kamolot” YoIH, shahardagi 74 ta mahallalar maslahatchilari va shahardagi ta'lim muassasalarining ma'naviyat ishlari bo‘yicha mutaxassislari ishtirok etdilar.   

Yig‘ilishda viloyat hokimining o‘rinbosari Sh. Tursunov aqidaparastlik va missionerlikning jamiyatga ta'siri, yosh avlod ma'naviy tarbiyasida qaysi jihatlarga e'tibor qaratish lozimligi haqida gapirdi. 

Shundan so‘ng yig‘ilganlar e'tiboriga diniy ekstremistik oqimlarning manfur kirdikorlari fosh etilgan videofilm namoyish qilindi.   
 
Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati M. Nasriddinova, viloyat bosh imom-xatibi N. Xoliqnazarovlar  o‘z chiqishlarida yoshlarni diniy ekstremizm oqimlari ta'siridan asrash, shaxs kamolotida, xususan, erishiladigan barcha yutuqlarda asosiy omil chuqur bilim va yuksak ma'naviyat ekani haqida ma'ruza qildilar.

Top