00:47 / 18.03.2017
31426

Foto: G‘oibnazarov yilning eng yaxshi menejyeri bilan ishlaydi, ilk jang sanasi ma'lum

Faoliyatini professional boksda davom ettirishga qaror qilgan, Bob Arum kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan Rio—2016 Olimpiadasi chempioni Fazliddin G‘oibnazarovga oid navbatdagi ma'lumotlar olindi.

G‘oibnazarov bu kompaniyada Amerikada yilning eng yaxshi menejyeri deb topilgan Eges Klimos bilan ishlaydi.

Shartnoma shartlari ma'lum qilinmagan. Uning professional ringdagi ilk jangi 22 aprelga belgilangan, ammo raqib nomi hozircha aniq emas.

U ayni vaqtda jadal ravishda mashg‘ulotlar olib bormoqda.

 

Mavzuga oid
Top