14:15 / 18.03.2017
10194

Isroil samolyotlarining Suriyaga reydi nima sababdan yuz bergani ma'lum

Foto: AP

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu HHK samolyotlari Suriyadagi nishonni, Livanning “Hizbulloh” harakati qo‘liga eng ilg‘or qurol-yarog‘lar tushmasligi maqsadida ogohlantirish sifatida aniq mo‘ljalga olganini xabar qildi. Bosh vazir kantselyariyasining bayonoti juma, 17 mart kuni paydo bo‘ldi, deb xabar bermoqda TASS.

«Bizning siyosatimiz ketma-ketlik asosiga qurilgan: “Hizbulloh”ga ilg‘or qurol-yarog‘larni berish harakatlarini aniqlash, bizdagi josuslik ma'lumotlari, bizda tezkor imkoniyat bo‘lishi, voqealarning bu rivojini oldini olish uchun ishlamoqdamiz», - deya ta'kidlab o‘tdi Netanyaxu.

«Bu – ro‘y bergan holat, hamda bu – kelajakda aynan nima yuz berishidir», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi bosh vazir.

Isroil aviatsiyasining Suriyadagi reydi haqida juma kuni ertalab ma'lum bo‘ldi. Damashqning ma'lum qilishicha, Suriya havo kengliklarini to‘rtta Isroil samolyoti buzib o‘tgan hamda ulardan bittasi urib tushirilgan. Harbiylarning qayd etishicha, yana bir samolyotga zarar yetkazilgan.

Aniqlik kiritilishicha, Isroil aviatsiyasining nishoni Suriya armiyasining Palmiradagi obektlari bo‘lgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, samolyotlar Suriya qurolli kuchlarining S-200 zenit-raketa kompleksidan o‘qqa tutilgan.

Isroil mudofaasi Armiyasida esa samolyotlar bazaga hech qanday yo‘qotishsiz kelgani, Isroil RQM tomonidan kamida bitta Suriya raketasi urib tushirilgani haqida ma'lum qilindi.

Mavzuga oid
Top