21:27 / 18.03.2017
15594

Samolyot kabinasida murakkab vaziyatda nimalar yuz berishi namoyish qilindi

Internetda samolyotning yon tarafdan kuchli shamol esganda Boeing 737 samolyoti uchuvchilar kabinasida nimalar yuz berishi tasvirlangan video ommalashmoqda. Rolikni Facebook’da Ryanair aviakompaniyasi samolyoti sardori, polshalik uchuvchi Artur Kilak joylashtirdi.  

Videoda vazmin uchuvchi qo‘lidan chiqib ketayozgudek bo‘lib u yerdan bu yerga borib kelayotgan shturvalni bir qo‘lida ushlagancha, ikkinchi uchuvchi bilan kulishib gaplashayotganini ko‘rish mumkin.

"Men uchuvchi oylik maoshini faqat bir qo‘nish uchungina oladi, deb har doim aytaman. Mana, men bu maoshimni aynan shu kuni ishlab topdim... Boeing 737’ni murakkab sharoitlarda ham barqaror qolishini yaxshi ko‘raman", deb izoh berilgan videoga.

Ushbu post ikki kun ichida bir necha ming layk va repostlar to‘plagan. Ko‘pchilik foydalanuvchilar uchuvchining mohirligiga tan berishgan. Boshqalar esa ular keyingi gal qayergadir uchishganda, ularning samolyotini aynan shunday mohir uchuvchi boshqarishiga umid qilib qolishgan.

Top