20:36 / 18.03.2017
29774

Uzbek Tigers vs China Dragons: jangda kutilmagan mutlaq natija

«O‘zbekiston» sport majmuasida The World Series Boxing (WSB) Butunjahon Boks Seriyasining VII fasl to‘rtinchi bosqichida O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi XXRning China Dragons’ga qarshi jangi tobora qizg‘in tus olmoqda. 

Ringga 81 kg vazn toifasidagi bokschilar ko‘tarildi. Rio-2016 Olimpiya o‘yinlarining yana bir kumush medali sovrindori Bektemir Meliqo‘ziyev Huang Jiabi’ga qarshi jang olib bordi va raqibiga imkoniyat qoldirmadi. U texnik nokaut bilan Huang Jiabi’ni mag‘lub etdi. 

Eslatib o‘tamiz, The World Series Boxing (WSB) Butunjahon Boks Seriyasi chempionatining VII fasl 4-bosqich tarkibida O‘zbekiston sha'nini himoya qiluvchi bokschilar BUKA Boxing Sportswear tomonidan taqdim etilgan kiyimlarda ringga chiqmoqdalar.

Mavzuga oid
Top