23:44 / 19.03.2017
8204

Amerikalik aktyor ochlikdan aziyat chekayotgan somaliliklarga bir kun ichida 1 mln dollar yig‘a oldi

Foto: globallookpress.com

Amerikalik komik aktyor Ben Stiller Somalida ochlikdan aziyat chekayotganlarga 1 mln dollardan ko‘proq mablag‘ yig‘a oldi.

17 mart kuni u internetda barcha befarq bo‘lmagan odamlarga ochlikdan aziyat chekayotgan somaliliklarga bir oz pul xayr-ehson qilishni so‘rab video orqali murojaat qilgan.

Aktsiya nomi "Somali uchun muhabbat armiyasi" deb nomlangan. Dastavval 1 mln dollarni yig‘ish uchun 10 kun berilgan, biroq, aktyorning taajjubiga, bu qiymat bir kundan kamroq vaqt ichida to‘plangan.

Ta'kidlanishicha, to‘plangan mablag‘lar 60 tonna oziq-ovqat xarid qilish uchun yetarli bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top