08:21 / 19.03.2017
4258

Bryusselda gaz portlashi oqibatida 7 kishi jarohat oldi

Belgiya poytaxti Bryusselda gaz portlashi oqibatida 7 kishi jarohat olgan, kamida bir kishi halok bo‘lgan, deb xabar bermoqda RTBF nashri.

Shuningdek, jabrlanganlar orasida 2 nafar 2 yoshli va bir nafar 15 yoshli bola ham bo‘lgani aytilgan.

Portlash 18 martda kunning ikkinchi qismida Bryussel markazidagi Barer-de-Sen-Jil kommunasidagi uyda yuz bergan. Portlash oqibatida uyning 3 qavati qulab tushgan va yong‘in chiqqan. Vayronalar ostidan jarohatlanganlarni qidirish vaqtida bir kishi jasadi aniqlangan.    

Top