17:21 / 19.03.2017
11442

Yovvoyi karkidon uni tasvirga olayotgan operatorga erkalandi

Operator Gart de Bruno Ostin Janubiy Afrikadagi karkidonlarni tasvirga olayotgandi. Kutilmaganda ulardan biri operatorning yoniga kelib erkalana boshladi. Gart de Bruno bu holatdan qo‘rqmasdan jonivorni erkalatib qo‘ydi. Mazkur voqea aks etgan video YouTube'da xitga aylandi. 

Operatorning so‘zlariga ko‘ra, jonivor unga nisbatan do‘stona munosabatda bo‘lgan. Ostin karkidonga yaqinlashmoqchi bo‘lgan sayyohlar o‘z hayotlarini xavf ostiga qo‘yishlari mumkinligini aytib ogohlantirdi. 

"Men bir necha yillardan beri hujjatli film uchun karkidonlarni tasvirga olaman va shu vaqt ichida ularning ishonchini qozonganman", - deydi Ostin.

Yovvoyi tabiatdagi karkidonlar brakonerlar sabab jiddiy xavfga duch kelishmoqda. 1977 yilda butun dunyo bo‘ylab karkidonlar shoxini sotish va xarid qilish taqiqlangandi. Qora bozorda bir shoxning bahosi 50 ming yevroni tashkil qilishi mumkin. 

So‘nggi paytda sodir bo‘layotgan voqealar jonivorlarning hayvonot bog‘ida ham himoyasiz ekanini ko‘rsatgan. 7 martga o‘tar kechasi Parij ostidagi Tuari hayvonot bog‘i hududiga noma'lum jinoyatchilar bostirib kirib, Vins laqabli 5 yoshli karkidonni o‘ldirib, uning bir shoxini arralab ketishdi. Shundan keyin, Chexiyadagi Dvur-Kralove-nad-Labeme hayvonot bog‘i rahbariyati o‘z karkidonlarini himoya qilish maqsadida ularning shoxini olib tashlashga qaror qildi.

Top