13:47 / 19.03.2017
21798

“Quvnoqlar va zukkolar” respublika ko‘rik-tanlovining 2017 yilgi mavsumi boshlanmoqda

Talabalarning bo‘sh vaqtlarini ko‘ngilli va mazmunli o‘tkazish, iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularga o‘z imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun sharoit yaratish maqsadida aprel va may oylarida “Quvnoqlar va zukkolar” respublika ko‘rik-tanlovining 2017 yilgi mavsum saralash bellashuvlari Toshkent shahri va hududlarda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Saralash bosqichi 16 ta bellashuvlardan iborat bo‘lib, unda 77 ta oliy ta'lim muassasasi jamoalari ishtirok etadilar.

Mazkur bosqich yakunlari bo‘yicha har bir bellashuvda 1- va 2-o‘rinlarni egallagan jamoalar chorak final bellashuvlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritadilar.

Chorak final bellashuvlari joriy yilning iyun oyida Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz.

Quyida bellashuvlarni o‘tkazish jadvali bilan tanishishingiz mumkin:

Top