11:51 / 19.03.2017
6012

Reks Tillerson Xitoy rahbari bilan uchrashdi

Xitoy Xalq respublikasi raisi Si Jingpin AQSh Davlat kotibi Reks Tillersonni qabul qildi. Bu haqda «Sinxua» agentligi xabar tarqatgan.

Uchrashuv tafsilotlari keltirilmagan.

Tillerson 18 mart kuni, tashrifning ilk kunida XXR Davlat kengashi a'zosi Yan Tszechi hamda TIV rahbari Van I bilan uchrashuv o‘tkazgandi. Tomonlar kun tartibida turgan masalalarni muhokama qilishgan, jumladan Xitoy va AQSh rahbarlarining uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish masalasi hamda Koreya yarim orolidagi vaziyat ko‘rib chiqilgan.

Bundan oldinroq OAV amerikaliklar prezidenti Donald Tramp Si Jingpinni aprel oyida Floridadagi qarorgohi Mar-a-Lagoda qabul qilmoqchi ekani xabar qilingandi.

Top