13:20 / 20.03.2017
7587

Dunyodagi baxt bo‘yicha ilk kengash qayerda tashkil etilganini bilasizmi?

BAAda dunyodagi baxt bo‘yicha ilk kengash (World Happiness Council) ta'sis etildi, u Global Happiness Report har yilgi global hisobotni taqdim etadi, deb xabar bermoqda Arabian Business nashri.

Hisobot BAAda o‘tkaziladigan World Government Summit har yilgi hukumat yig‘ilishida taqdim etiladi.

13 a'zoga ega bo‘lgan Kengash tashkil etilishi haqida BAA vitse-prezidenti va bosh vaziri, Dubay hukmdori shayx Muhammad bin Rashid Al-Maktum ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “bugungi kunda dunyoga insoniyat baxtiga erishish uchun yangi uslub kerak, u hamkorlik va sa'y-harakatlarni birlashtirish, ijobiy qadriyatlarni mustahkamlash uchun umumiy tutash nuqtalarni izlash asosiga qurilgan bo‘lishi lozim”. Uning ta'kidlashicha, bu maqsadga erishish uchun dunyodagi hukumat idoralarining ishida o‘zgarishlar qilinishi kerak.

Bayonot Xalqaro baxt kuniga (20 mart) bag‘ishlandi. BAA bosh vazirining ta'kidlashicha, mamlakat shu tariqa “dunyoga ijobiy noma yubormoqda”.

Kengash bir yilda ikki bora yig‘iladi. Shuningdek unga BMT tomonidan ma'muriy ko‘mak beriladi. Jahon baxt Kengashiga Kolumbiya universiteti professori Jyeffri Saks rahbarlik qiladi. 

Mavzuga oid
Top