17:49 / 20.03.2017
5588
Foto: «Arsenal» muxlislari o‘rtasida «Bannerlar jangi»

Foto: «Arsenal» muxlislari o‘rtasida «Bannerlar jangi»

«Arsenal» muxlislari 29-tur doirasida «Vest Bromvich»ga qarshi o‘yin avvalida klub rahbariyatiga jamoa bosh murabbiyi Arsen Vengerga nisabatan qanday munosabatda ekanliklarini yana bir bor namoyish qilishdi. «Hotorns» stadioni uzra uchgan samolyot «Hech qanaqa shartnomaga o‘rin yo‘q. Venger – ketsin» yozuvini olib uchdi.

Ko‘p o‘tmasdan osmonda ikkinchi samolyot paydo bo‘ldi. U olib uchgan bannerda shu so‘zlar ayon qilingandi: «Biz Arsenga ishonamiz». 

«Arsenal» esa o‘yinni odatdagi kabi bo‘sh o‘tkazdi: o‘rtamiyona raqibdan o‘tkazib yuborilgan gol va to‘rtinchi o‘rindan qulash. Jamoa bu o‘yinda hech qanday iroda ko‘rsata olmadi, futbolchilarning kayfiyati g‘alabaga umid bermasdi. Navbatdagi mag‘lubiyatdan so‘ng Vengerni tanqid qiluvchilar uchun yana bahona paydo bo‘ldi. «Arsenal» YeChLning chorak finaliga o‘tish uchun o‘yinlarda «Bavariya»dan 10ta gol o‘tkazib mag‘lub bo‘lishi ortidan boshlangan aksiyalar davom etdi.

Bu vaqtda esa Arsen Venger oldida qiyin tanlov turibdi. U «Vest Bromvich»ga qarshi sharmandali mag‘lubiyatdan keyin o‘zining jamoadagi kelajagi bo‘yicha bir qarorga kelgani va tez orada buni hamma bilib olishi haqida gapirgandi. Buni ko‘pchilik uning ketish haqidagi qarori deb qabul qilgandi. Ammo 19 mart kuni bu qaror u jamoa rahbariyati taklif etgan 2 yillik shartnomani rad qilib, bir yillik shartnoma tuzishga rozi bo‘lganini bildiruvchi qaror ekani ma'lum bo‘ldi.

Venger «Arsenal» fanatlariga javob qaytardi

«Arsenal» rahbariyati Vengerning kelajagi bo‘yicha bayonot berdi

«Men o‘z kelajagim bo‘yicha qarorga kelib bo‘ldim». Arsen Venger eng muhim mavzu haqida 

Venger kelajagi bo‘yicha qanday qarorga kelgani ma'lum

«Arsenal»ni boshqarishi mumkin bo‘lgan yangi nomzod paydo bo‘ldi

«Arsenal» Tuxel bilan muzokara boshlangani haqidagi xabarni rad qildi

Top