00:52 / 20.03.2017
5236

Foto: «Manchester Yunayted» APLda 600 g‘alabaga erishgan ilk klub bo‘ldi

Angliya chempionatining 29-turida «Midlsbro» maydoniga safar qilgan «Manchester Yunayted» 3:1 hisobidagi g‘alabaga erishdi.

Bu g‘alaba, mankunianliklar jamoasining Angliya chempionati Premer-liga deb atala boshlanganidan buyon qo‘lga kiritgan 600-g‘alabasi bo‘ldi. «MYu» bu natijani qayd etgan ilk klubdir. APLdagi g‘alabalar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda «Arsenal» (517), uchinchi o‘rinda esa «Chelsi» (508) joylashgan.

«Manchester Yunayted» bu g‘alabadan keyin 148 kundan beri ilk marta Angliya chempionatining turnir jadvalida oltinchi o‘rindan ko‘tarilib, turnir jadvali yetakchisi  «Chelsi»dan 17 ochko ortda qolgan holda beshinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Jamoaning 600 g‘alabali o‘yini 5 murabbiy davrida qo‘lga kiritilgan:

Top