00:09 / 20.03.2017
33107

Mozambikda timsoh yosh futbolchini yeb qo‘ydi

Mozambikda yosh futbolchi timsoh hujumi qurboniga aylandi.

101 Great Goals ma'lumotiga ko‘ra, yirtqich qurboni «Atletiko Mineyro de Tete» nomli havaskor klub a'zosi Estevao Alberto Jino bo‘ldi.

19 yoshli futbolchi Zambezi daryosi yoqasida yugurish vaqtida hujumga yo‘liqqan.

«Timsoh kutilmaganda suvdan chiqib kelib, Estevaoga tashlanib, uni suvga tortib ketgan. Uning do‘stlari juda qo‘rqib ketishgan va uni qutqara olishmagan. Bu 5 metrli ulkan timsoh bo‘lgan», — degan murabbiy Edi Karvalo.

Top