07:23 / 20.03.2017
12982

Mo‘sulda IShIDning kelib chiqishi rossiyalik bo‘lgan yetakchisi yo‘q qilindi

Iroqning Mo‘sul shahrida IShIDning kelib chiqishi rossiyalik bo‘lgan yetakchisi yo‘q qilindi, deb xabar bermoqda Iroq harbiy razvedkasiga iqtibos keltirgan holda IraqiNews.com. Rossiyalik va IShIDning yana besh nafar xorijiy yetakchisi koalitsiya aviatsiyasi hujumidan keyin yo‘q qilingan.

Iroq razvedkasi xabarida ma'lum qilinishicha, rossiyalikning ismi Abdul-Karim (Abu Shamir) al-Rusiy bo‘lgan. U jangarilar batalonidan biriga qo‘mondonlik qilgan.

Yo‘q qilingan jangarilardan biri fransuz, ikkisi marokashlik, yana biri turk va Britaniya fuqaroligiga ega jazoirlik bo‘lgan.

Top