12:38 / 20.03.2017
10129

Rossiya NATOga hamkorlik taklif qildi

Rossiyaning NATO bo‘yicha doimiy vakili Aleksandr Grushko ma'lum qildiki, Rossiya alyansga yangi tahdidlarga qarshi hamkorlik qilish, shuningdek harbiy faoliyat bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishni taklif etadi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar taqratdi.

«Turli darajalardagi mavjud aloqalar yetarli emas… Bizning NATOdagi harbiy vakillarimizda muloqotni yo‘lga qo‘yish uchun bir qator aniq takliflar mavjud», — degan u.

Grushkoning qayd etib o‘tishicha, bunday takliflar sirasiga harbiy faoliyat bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish hamda yangi tahdidlarni bartaraf etish bo‘yicha hamkorlik qilish kabilar kiradi.

Shu bilan birgalikda, uning fikricha, «NATO hozircha bunday shakldagi muloqot uchun tayyor emas».

«Bu yo‘nalishdagi qadamlar qo‘yilgan, ammo afsuski, NATO Varshava sammitida (2016 yilgi - tahr) qabul qilingan qarorlar mafkurasidan chiqib keta olmayapti», — degan u.

Bundan oldinroq NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg yillik hisobotida Rossiya bilan muloqotning davom ettirilishi muhimligiga urg‘u qaratgandi.

Mavzuga oid
Top