15:13 / 20.03.2017
12144

Sirdaryo viloyatidagi barcha kollejlarga "turniket" lar o‘rnatilmoqda

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan Sirdaryo viloyati o‘rta maxsus va kasb-hunar ta'limi boshqarmasi bilan hamkorlikda kollej o‘quvchilarini nazorat qilish va ularning ota-onalarida farzandlarining darsga qatnashish davomati hamda o‘quv ko‘rsatkichlari to‘g‘risida ma'lumot bo‘lishini ta'minlash maqsadida viloyat hududida joylashgan barcha kollejlarga "Infraqizil aniqlagichli turniket"lar o‘rnatilmoqda. 

Ushbu turniketlarning afzalliklari shundan iboratki, u bir daqiqada 100-120 nafargacha o‘quvchilarni ro‘yxatga oladi. Bundan tashqari, 220 voltli elektr tokiga doimiy ravishda ulanishga hojat yo‘qligi sabab elektr energiyasi va internet tizimi muammo bo‘lgan joylarda ham doimiy ravishda ishlaydi, muntazam ta'lim muassasalariga kelmayotgan o‘quvchilarning ro‘yxatini shakllantiradi, begona shaxslar o‘tganda signalizatsiya ishlaydi va uni suratga tushirib, kompyuter xotirasida saqlaydi. Eng asosiysi ota-onalarga farzandlarini nazorat qilish uchun qulaylik yaratadi. 

Shu bilan birga, Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat hududida “Ko‘k kit” va shunga o‘xshash o‘yinlar tarqalishi va yoshlarning o‘z joniga qasd qilish holatlarini oldini olish, shuningdek, yoshlarning yot g‘oyalarga kirib ketishlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Sirdaryo viloyati Xalq ta'limi boshqarmasi, Sirdaryo viloyati O‘rta maxsus va kasb-hunar ta'limi boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda viloyat hududida joylashgan barcha maktab va kollejlarda o‘quvchi yoshlar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda.
Bu haqda Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Mavzuga oid
Top