23:43 / 21.03.2017
11206

«Barselona» Messiga u istagan narsani berishga tayyor

«Barselona» jamoasi rahbariyati Lionelya Messi bilan shartnomani uzaytirish borasidagi ishlarni davom ettirmoqda. Bu haqda Sport xabar tarqatdi.

Ma'lum qilinishicha, muzokaralar muvaffaqiyatli sur'atlarda davom etmoqda. Futbolchining otasi Xorxe Messi va jamoa prezidenti Xosep Mari Bartomeu qalin aloqada bo‘lib turgani aytilgan. 

Manba ma'lumotiga ko‘ra, katalonlar klubi Messiga u shartnomani imzolashi uchun nimani istasa, shuni berishga tayyor. Bundan avvalgi xabarlarda Messi yiliga 40 million yevro miqdorida maosh olishni istayotgani aytilgandi.

Messining jamoa bilan amaldagi shartnomasi muddati 2018 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Top