13:30 / 21.03.2017
10800

Devid Kemeron Trampning gaplari ustidan kuldi

Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Devid Kemeron Barak Obamani telefonini yashirincha eshitishda ayblagan Donald Trampning gaplari ustidan kuldi.

Associated Press agentligining xabar berishicha, Kemeron AQShning Rod-Aylendidagi Braun universitetida chiqish qilar ekan, bosh vazir lavozimidan iste'foga chiqqanining eng yaxshi jihatlaridan biri, Trampning suhbatlarini eshitishga boshqa majbur emasligi haqida ta'kidlab o‘tgan.

- Bu hazil edi, - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Kemeron.

Ma'lumot uchun, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatning avvalgi rahbari Barak Obamani uning telefon suhbatlarini yashirincha eshitishda ayblagandi. Buning ustiga, Obama respublikachi ortidan josuslik qilishni Britaniya razvedkasidan so‘ragan ekan. Tramp o‘z so‘zlariga hech qanday dalil-isbotlarni keltirmadi.

Mavzuga oid
Top