14:14 / 21.03.2017
31795

Dunyoning eng qimmat shaharlari reytingi taqdim etildi

Economist Intelligence Unit (EIU) agentligi dunyoning eng qimmat shaharlari haqidagi ma'lumotni yangiladi

Worldwide Cost of Living 2017 nomi ostidagi maqolaga ko‘ra, Singapur to‘rtinchi yil ketma-ket ro‘yxatning birinchi pog‘onasidan joy olgan. Undan keyingi, ikkinchi o‘rinni esa Hongkong egallagan. Reytingning uchinchi pog‘onasida Tsyurix nomi qayd etilgan. 

Yaponiyaning Tokio va Osaka shaharlari mazkur reytingning to‘rtinchi hamda beshinchi o‘rinlarini band qilgan. 

Bundan tashqari, dunyoning eng qimmatbaho shaharlari o‘nligiga Jyeneva, Parij, Nyu-York hamda Kopengagen shaharlari ham kiritilgan. 

Qozog‘istonning Olmaota shahri yashash uchun eng arzon shahar deya e'tirof etilib, ro‘yxatning 133-o‘rnidan joy olgan. Ro‘yxatning so‘nggi satrlarida shuningdek Nigeriyaning Lagos, Hindistonning Nyu-Dehli, Bangalor, Chennai, Mumbay, Pokistonning Karachi shaharlari, shuningdek Jazoir, Kiyev, Buxarest kiritilgan.

EIU neft va xom-ashyo narxidagi beqarorlik hayot darajasiga ta'sir ko‘rsatayotganini ta'kidladi. 

Mavzuga oid
Top