11:22 / 21.03.2017
12959

Qoraqalpog‘istonda o‘zboshimchalik bilan qurilgan 21ta rasta olib tashlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida bayram tadbirlari o‘tkazilishiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish davrida yong‘in xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda, deb yozadi Kruz.uz.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Shukurillo Ayubovning xabar berishicha, yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan 17 ta dehqon bozorlar va savdo komplekslarida o‘tkazilgan o‘rganishlar va tadbirlar davomida bozorlar 9 dona yong‘in o‘chirish qalqonchasi, 61 dona yong‘in o‘chirgich bilan ta'minlandi, 81 ta do‘kon va 7 ta omborxonadagi vaqtinchalik elektr sim va kabellari qoidasiga muvofiqlashtirildi, fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurib olingan 21 ta rasta olib tashlandi, 1 ta suv hovuzining ta'mirlanishiga erishildi.

Sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarni oldini olish va yong‘in sodir bo‘lganda uni zudlik bilan bartaraf etish maqsadida bozorlarda 17 marotaba yong‘in-taktik mashg‘ulotlar o‘tkazildi. 17 marotaba 214 nafar bozor ishchilari va tadbirkorlar ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazilib, yong‘inni oldini olish bo‘yicha yo‘riqnomalar berildi.

Respublika xududida joylashgan 533 ta umumta'lim maktablari, 1 ta mehribonlik uyi va 3 ta maxsus maktab internatlar, 89 ta kollejlar, 10 ta akademik litsey va 6 ta oliygohlar to‘liq tekshirib, dalolatnoma bilan rasmiylashtirildi. Maskanlarning yong‘inga qarshi holatini o‘rganish davrida mas'ul, navbatchi va ishchi-xizmatchilar bilan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnomalar o‘tkazilib, ular bilan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarnin oldini olish va odamlarni zudlik bilan qutkarish buyicha 183 marotaba amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Bundan tashqari, respublika hududida joylashgan, bugungi kunda harakatda bo‘lgan 71 ta avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari, 42 ta avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchalari va 19 ta avtomobillarga gaz tarqatish kompressor stansiyalarining bugungi kundagi yong‘inga qarshi holati o‘rganib chiqildi. O‘rganishlar jarayonida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan rahbarlariga 521 ta tavsiyalar berilib, ijrosi nazoratga olindi. Ishchi-xodimlar o‘rtasida gaz va yonilg‘i to‘ldirish uchun kelgan avtotransport vositalarini me'yoridan ortiq to‘ldirishga yo‘l qo‘ymaslik hamda suyultirilgan gazlarni tashish va shoxobcha sig‘imlariga quyish ishlarini kunning issiq vaqtlarida amalga oshirmaslik yuzasidan suhbat va yo‘riqnomalar o‘tkazildi.

 

Top