08:40 / 21.03.2017
9914

Rossiya Xitoyga S-400 tizimlarini yetkazib berdi

Rossiya Davlat dumasining iqtisodiy siyosat bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, mudofaa-sanoat majmuasi tashkilotlarining rivojlanishini huquqiy ta'minlash komissiyasi raisi Vladimir Gutenev Rossiya Xitoyga S-400 "Triumf" havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini yetkazib berishni boshlaganini ma'lum qildi. Bu haqda "Interfaks" axborot agentligi xabar bermoqda

"Hindiston hozirda S-400’ga qiziqish bildirmoqda. Hozir biz Xitoyga S-400’ning birinchi divizionlarini yetkazib berdik", deb aytgan Gutenev.

Gutenevning aytishicha, ayni vaqtda Hindiston va Turkiya S-400’ni olishga "navbatda turibdi".

Xitoy S-400 tizimini xarid qilishga 2015 yil aprelda shartnoma tuzgan.

Top