00:28 / 21.03.2017
22063

Janob Bin yana ekranlarga qaytmoqda

Britaniyalik taniqli komik aktyor Rouen Atkinson unga mashhurlik keltirgan janob Bin rolini Xitoyning "Eng kulgili komediya: film" suratida yana ijro etadi. Bu haqda Independent nashri xabar bermoqda.   

Film yaratuvchilarining aytishicha, suratga olish guruhi aktyor xitoychani bilmagani sabab u bilan imo-ishoralar va mimikalar yordamida muloqot qilgan.  

Suratda 5 do‘stning Xitoyning qimor o‘yinlari poytaxti sanaluvchi Makaoga safari haqida so‘zlanadi. Ular Makaoda adashib qolib, bokschi Mayk Taysonni uchratib qolishadi.

Janob Bin Atkinsonning eng mashhur, biroq yagona roli emas. U bir nechta filmlarda suratga tushgan. Aktyor 2016 yilda "Megre qopqon qo‘ymoqda" trillerida komissar Jyul Megre rolini ijro etgan.

Top