21:51 / 22.03.2017
4232

AQShda 83 yoshli erkak tez tibbiy yordam mashinasini olib qochdi

83 yoshli amerikalik erkak Nyu-York shtatining Long-Aylend shahridagi shifoxonani tez tibbiy yordam mashinasida "tark etdi". Bu haqda "Assoshieyted Press" axborot agentligi xabar bermoqda

Qizig‘i, qariya mashinani olib qochgan. Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, Donald Rinkler ismli bu erkak shifoxonadagi qarovdan norozi bo‘lib, 21 martga o‘tar kechasi undan chiqib ketgan. Tergovchilarning aytishicha, erkak shifoxona avtoturargohidan tez tibbiy yordam mashinasini olib qochgan. Mashinaning kaliti ichida bo‘lgan. 

Keyinroq politsiyachilar erkakni yaqin oradagi supermarketda topishgan. Qariya qilmishini tan olgan.

Rinkler hibsga olinib, shifoxonaga qaytarilgan. Unga 3 ming dollar miqdorida garov puli belgilangan.

Top