18:37 / 22.03.2017
7759

Google Android O’ni chiqardi

Google korporatsiyasi Android O yangi dasturiy ta'minotining sinov versiyasini chiqardi. U ishlab chiqaruvchilarga mo‘ljallangan hamda cheklangan qurilmalarda ishlashi mumkin.

Kompaniya Android O’ning o‘ziga xos jihatlari haqida to‘xtalib o‘tdi. Tizim ilovalar uchun yangi cheklovlarga ega, ular fon rejimida ishlaydi, bu esa qurilma ishini yaxshilashga yordam beradi. Fondagi ilovalarga endilikda internet-trafik va GPS’dan ma'lumotlarni katta hajmda ishlatish mumkin emas.

Tizim tashqi shaklida ushbu ilovadan keluvchi bildirishnomalarni ko‘rsatib turuvchi maxsus oynachalar paydo bo‘lgan. Shundan beyjlar iOS hamda Android uchun bir necha launcherlarda bor. Piktogrammalarning o‘zi esa umumiy tizimga avtomatik ravishda moslashadi.

Tizimning ko‘p vazifaliligida ham o‘zgarishlar ro‘y bergan. Endi ba'zi bir ilovalarda “rasmdagi rasm” rejimida ishga tushish imkoniyati bor. Shu tariqa, masalan, videopleyer butun ekran tepasida alohida kichik-oynacha sifatida yoqilishi, uni istalgan joyga surish va kattalashtirish mumkin.

“Sozlamalar” ilovasi, ogohlantirish to‘siqchasi va tizimning ko‘plab boshqa elementlari ham qayta ishlandi. Undan Nexus 5X, Nexus 6P, Nexus Player, Google Pixel, Pixel XL va Pixel C’da foydalanish mumkin. Shuningdek Android’ning rasmiy emulyatori orqali ham uni ishga tushirish mumkin.

Top