12:38 / 22.03.2017
10305

Samarqand viloyatida 1801ta savdo va servis shoxobchalari terminallarga ega emasligi aniqlandi

Samarqand viloyati soliq boshqarmasi viloyatdagi barcha savdo va servis xizmati ko‘rsatuvchi obektlarning inventarizatsiyasini o‘tkazdi. Ma'lum bo‘lishicha, mavjud 13579 obektdan 11778tasi yoki 87 foizi terminallarga ega bo‘lib, qolgan 1801tasida terminallar yo‘q. 

Bu haqda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Zafar Norqo‘ziyev matbuot anjumani chog‘ida ma'lum qilgan. Uning qayd etishicha, terminal har qanday sababga ko‘ra mavjud bo‘lmasa, savdo yoki xizmat ko‘rsatish shoxobchasi faoliyat yuritishi mumkin emas. Ko‘p hollarda tadbirkorlar terminallar yo‘qligida banklarni ayblashadi. Ariza topshirib qo‘ygani ularning terminalsiz savdo qilishlariga huquq bermaydi. 

Norqo‘ziyevning aytishicha, yaqin-yaqinlargacha terminallarni yetkazib berish bilan alohida firmalar shug‘ullangan. Endilikda, banklarning o‘zlari ushbu qurilmalarni xarid qilish huquqiga ega bo‘ldi. Bu ham ularning tadbirkorlarga tezroq yetkazilishini ta'minlaydi. Banklarning savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini terminallar bilan ta'minlashga ulgurmaganini, shuningdek, tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi sub'yektlarning katta sur'atlarda ko‘payib borayotgani bilan izohlash mumkin. Xususan, 2016 yilda viloyatda 3150ta tadbirkorlik sub'yekti faoliyatini boshlagan. 

Toshpo‘lat Rahmatullayev

Top