22:31 / 23.03.2017
4667

Atambayev xorijda ishlovchi qirg‘izistonliklar davlat ko‘magini his qilishlari kerakligini aytdi

Foto: knews.kg

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev Qirg‘iziston migratsiya davlat xizmati raisi Medetbek Aydaraliyev bilan uchrashuvda xorijda ishlovchi qirg‘izistonliklar davlat ko‘magini his qilishlari kerakligini aytdi.

Ta'kidlanishicha, uchrashuv vaqtida Aydaraliyev xorijda ishlayotgan qirg‘izistonliklarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishning yangi yo‘nalishlari haqida so‘zlab bergan. Gap birinchi navbatda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqida ishlovchi qirg‘izistonliklarni qo‘llab-quvvatlash haqida bormoqda. 

Atambayev xorijda ishlovchi qirg‘izistonliklar o‘zlarining ijtimoiy-huquqiy muammolarini hal qilishda davlat ko‘magini his qilishlari hamda o‘z huquq va majburiyatlarini bilishlari kerakligini aytdi. U qirg‘iz muhojirlarining huquqlari va manfaatlarini samarali himoya qilish bo‘yicha barcha kompleks chora-tadbirlar faollashtirilishi zarurligini ta'kidlab o‘tdi. 

Mavzuga oid
Top