19:34 / 23.03.2017
3909

Belgiyaning Antverpen shahrida odamlarni avtomobilda bosib ketishga urinish oldi olindi

Foto: © EPA/OLIVIER HOSLET

23 mart kuni Belgiyaning Antverpen shahri politsiyasi savdo ko‘chasida katta tezlikda odamlarni urib ketmoqchi bo‘lgan haydovchini hibsga oldi. Bu haqda Belga axborot agentligi xabar berdi

Mashina harbiy patrul tomondan to‘xtatilgan. Voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan. Antverpen meri Bart de Vever terakt oldi olinganini ma'lum qildi. 

Avtomobilda ko‘p miqdorda qurol-aslaha topilgan. Mashina sapyorlar tomonidan tekshirilmoqda. Mashina Fransiyada ro‘yxatga olingan bo‘lgan. 

Hujum Belgiyada bir yil avval sodir etilgan terakt qurbonlari yodga olingan kunning ertasiga sodir etildi. 2016 yil 22 mart kuni Bryussel aeroporti va metrosining "Malbek" stansiyasida portlashlar sodir etilgandi. Hujumlar oqibatida 38 kishi halok bo‘lgan, 340 dan ko‘proq odam jarohat olgandi. 

Shuningdek, 22 mart kuni shunday hujum Londonda amalga oshirildi. Terrorchi Britaniya parlamenti binosi yonidagi ko‘prikda yo‘lida uchragan odamlarni mashinada bosib ketgan. Hujum oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan, 40 odam jarohat olgan.       

Top