07:55 / 23.03.2017
5486

Chilida Pinochetning 30 nafar sobiq josusiga hukm o‘qildi

Foto: RIA

Chili Oliy sudi mamlakatni boshqargan diktator Augusto Pinochet razvedkasining 33 nafar sobiq xodimiga nisbatan o‘z hukmini e'lon qildi. Ular 5 nafar muxolifat vakillarini o‘g‘irlaganlari uchun turli yillarga qamoq jazosiga mahkum etildi. 

Sudlanuvchilarga 3 yildan 15 yilgacha qamoq jazosi tayinlangan. Bunda, hozirda mavjud bo‘lmagan milliy axborot markazi sobiq rahbari Ugo Salas Vensel hamda mazkur markaz operativ bo‘limi rahbari Alvaro Korbalan Kastilyaga 15 yildan qamoq jazosi tayinlangan. 

Tergovga ko‘ra, 1987 yilda general Karlos Karrenoning o‘g‘irlanishiga javoban markaz xodimlari tomonidan qo‘lga olingan kommunistlar o‘limida aybdor deb topilgan. Ular Valparaiso hududida okeanga vertolyotdan tashlab yuborilgan.
 
1973 yil sentabr oyida Chilida amalga oshirilgan harbiy davlat to‘ntarishiga general Pinochet yetakchilik qilgan, 1990 yildagina hokimiyatni fuqarolik hukumatiga topshirgan edi. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, uning boshqaruvi davrida Chilida siyosiy ayblovlar bilan qariyb 3,2 ming kishi o‘ldirilgan, 1,2 ming kishi bedarak yo‘qolgan, 28 mingga yaqin odam qiynoqlarga solingan. Pinochetga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, ammo u 2006 yilda vafot etgandi. 

Top