16:39 / 23.03.2017
23001

Indoneziyalik fermerlar ommaviy ravishda oyoqlarini sementlashmoqda (suratlar)

Jakartadagi ko‘p kunlik norozilik namoyishlari davomida 50 nafarga yaqin kishi o‘z oyoqlarini sementladi, ularning aksariyati fermerlardan iborat. Bu haqida AP nashri xabar berdi. 

Namoyish ishtirokchilari shu yo‘l bilan Markaziy Yavada sement zavodi qurilishiga qarshi ekanliklarini namoyon qilishmoqda. Mahalliy aholining fikricha, bu qurilish ularning ichimlik suvini zaharlab, chekka tog‘ hududlarida suv ta'minotida muammolar keltirib chiqarishi mumkin. 

Norozilik namoyishi ishtirokchilarini hatto zavod sohibining yangi ishchi o‘rinlari yaratishi va mintaqa iqtisodiyotini rag‘batlantirishga oid va'dalari ham to‘xtata olmayapti. Aktsiyaning ilk ishtirokchilari mart oyining o‘rtalarida o‘z oyoqlarini sementlashgan edi, hozirda ularning soni oshib bormoqda. 

21 mart kuni faollardan biri - Patmi binti Rustam yurak xuruji natijasida hayotdan ko‘z yumdi. Uning o‘rnini marhumning ismi sharifi va o‘tgan sanasi yozilgan taxta tablichka egalladi. Ishtirokchilar ayolning o‘limi ularni to‘xtata olmasligini aytishdi.

Top