16:56 / 23.03.2017
9455

Mayamidagi tennis turniri kaltakesak sabab to‘xtatib qo‘yildi

Yirik kaltakesak Mayamida germaniyalik Tommi Xaas va chexiyalik Irji Veseli o‘rtasidagi Masters toifali tennis turnirining birinchi davra uchrashuvi to‘xtatilishiga sabab bo‘ldi. Bu haqida RIA "Novosti"da xabar berildi. 

Iguana dastlab tabloga chiqib oldi, keyin esa kortda paydo bo‘ldi. Tennischilar kaltakesakdan qo‘rqishmadi: Xaas uni telefoniga suratga ola boshladi, Veseli esa o‘rindiqda o‘tirib nafas rostladi. 

Sudralib yuruvchi qo‘lga olinganidan so‘ng turnir musobaqasi davom ettirildi. 

Musobaqada chexiyalik sportchi germaniyalik tennischini ortda qoldirdi (7:6 (5), 3:6, 5:7).

Top