16:59 / 23.03.2017
11207

Nazarboyev: O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida hal etilmagan masalalar yo‘q

Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyev O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvi yakunlarini yuqori baholadi.

«Bizning do‘stona munosabatlarimizning muhim omili yaqin madaniy—tarixiy aloqalarimiz hisoblanadi. O‘zbekistonda 1 milliondan ortiq etnik qozoq yashamoqda, 500 ming nafar o‘zbek ikki davlatni ham o‘z vatani deb biladi. Biz o‘zaro madaniyat kunlarini o‘tkazish haqida kelishib oldik. Qozog‘iston o‘zbekistonlik yoshlar, talabalarni oliy o‘quv yurtlarida tahsil olishga taklif etadi», deya uning so‘zlarii keltirgan «Kazinform» agentligi.

Uning qayd etishicha, Qozog‘istondagi o‘zbeklar qatlami o‘z milliy madaniy markazlari, teatrlariga, parlamentda vakillariga ega, mamlakatda o‘zbek maktablari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Qozog‘iston prezidenti bugungi kunda ikki davlat o‘rtasida hal etilmagan masalalar mavjud emasligini e'tirof etib o‘tgan. 

«Men bugungi uchrashuvimizni yuqori baholayman. Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Qozog‘istonga birinchi davlat tashrifi hamkorlik uchun yangi ufqlarni ochib berdi», deya o‘z so‘zlarini yakunlagan Nazarboyev.

Top