15:11 / 23.03.2017
19522

Prezidentlar muzokaralari yakunida qator hujjatlar imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyevning muzokaralari yakuni bo‘yicha qator hujjatlar imzolandi. Bu haqda «Kazinform» xabar bermoqda.

Xususan, davlat rahbarlari strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va O‘zbekiston hamda Qozog‘iston o‘rtasida yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlash bo‘yicha Qo‘shma deklaratsiyani imzolashgan.

Bundan tashqari, QR bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Asqar Mamin va uning o‘zbekistonlik hamkasbi Ochilboy Ramatov mintaqalararo hamkorlik to‘g‘risidagi Kelishuvni, 2017-2019 yillar uchun iqtisodiy hamkorlik Strategiyasini, ikki hissa soliq solish oldini olish bo‘yicha Kelishuvga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi Bayonnomani imzolashgan.

O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri Elyor G‘aniyev hamda Qozog‘iston investitsiyalar va rivojlanish bo‘yicha vaziri Jyenis Kasimbek xalqaro avtomobil qatnovi to‘g‘risidagi Kelishuvga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Bayonnomaga imzo chekishdi.

Ikki davlat tashqi siyosat idoralari rahbarlari Abdulaziz Komilov hamda Qayrat Abdrahmanov ikki davlat tashqi ishlar vazirligi o‘rtasidagi hamkorlik Dasturiga imzo chekdilar.

Qozog‘iston mudofaa vaziri Saken Jasuzakov va uning o‘zbekistonlik hamkasbi Qobul Berdiyev esa ikki davlat o‘rtasida harbiy hamkorlik bo‘yicha Kelishuvni imzolashdi.

Mavzuga oid
Top