21:57 / 23.03.2017
8459

Samsung Galaxy Note 8 smartfoniga oid ma'lumotlar paydo bo‘ldi

Tarmoqda 2017 yilning kuz mavsumida taqdim etiladigan Samsung Galaxy Note 8 smartfonining xususiyatlariga oid ma'lumotlar paydo bo‘ldi. Playfuldroir portali qurilmaning sxemali tasvirini chop etdi

Smartfon hoshiyasiz 6,4 dyuym 4K-displeyga ega bo‘ladi. Ekran tomonlari nisbati Galaxy S8'nikiga o‘xshaydi, ya'ni - 18,5X9. Unda ham Galaxy S8 qurilmasiga o‘xshab Home tugmasi bo‘lmaydi, shu bois barmoq izlari skaneri qurilmaning orqa tomoniga ko‘chirilishi mumkin. 

Qurilmaning pastki qismida USB Type-C, mini-jack quloqchinlari ulanadigan joy, shuningdek S-Pen stilusi uchun slot joylashgan. Tepa qismida SIM-karta va ehtimol, xotira kartasi uchun slot hamda ikkinchi dinamik joylashadi. 

Bundan tashqari, qurilma Samsung kompaniyasi 21 martda namoyish qilgan Bixby ovozli assistentiga ega bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchi bu assistent bozordagi muqobillarning orasida eng aqllisi ekani va boshqa kompaniyalar qarorlaridan ajralib turishini ta'kidlamoqda. 

Mavzuga oid
Top