13:38 / 23.03.2017
11395

Nazarboyev Shavkat Mirziyoyevga EKSPO ko‘rgazmasini ko‘rsatmoqchi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevga EKSPO-2017 ko‘rgazma maydonini ko‘rsatish niyatida. Bu haqda «Kazinform» xabar tarqatdi.
 
«Shavkat Miromonovich, shaxsan Sizga O‘zbekistonning EKSPO-2017’da keng ko‘lamda ishtirok etishi haqida qaror qabul qilingani uchun minnatdorchilik bildiraman. Uni bugun Sizga ko‘rsataman», - deya aytib o‘tdi Nursulton Nazarboyev kengaytirilgan tarkibdagi ikki tomonlama uchrashuv davomida.

Davlat rahbarining qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekiston ko‘rgazmada o‘zining eng yaxshi yutuqlarini namoyish etishi mumkin.

«Aminmanki, O‘zbekistonning EKSPO ko‘rgazmasidagi ishtiroki mamlakatingizning eng yaxshi yutuqlarini butun dunyoga namoyish etish imkonini beradi», - deya ta'kidlab o‘tgan Nazarboyev.

Top