22:29 / 23.03.2017
24858

Video: Nazarboyev va Mirziyoyev «shahar aylanishdi»

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev va Ostonada davlat tashrifi bilan bo‘lgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zaro muzokaralardan keyin shahardagi diqqatga sazovor joylarni borib ko‘rishdi.

Avvaliga davlat rahbarlari «Ostona opera» Davlat opera va balet teatriga tashrif buyurishdi va «Qiz Jibek» operasini tomosha qilishdi.

Shuningdek, O‘zbekiston prezidenti Nursulton Nazarboyev hamrohligida «Nazarboyev universiteti» va MEGA Silk Way savdo markazini borib ko‘rdi.

Shavkat Mirziyoyev universitetning Faxriy mehmonlar kitobida dastxatini qoldirdi. 

Shundan so‘ng siyosatchilar MEGA Silk Way savdo markaziga yo‘l olishdi, Nazarboyev va Mirziyoyev markazning savdo-ko‘rgazma zalini ko‘zdan kechirishgan. Prezidentlarga o‘zbek va qozoq xalqlarining ashula va raqslari, milliy hunarmandchilik mahsulotlari namoyish etilgan.

Nihoyat prezidentlar «EKSPO – 2017» xalqaro ko‘rgazma maydonining «Nur olam» paviloniga tashrif buyurishdi. 

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga 22 mart kuni davlat tashrifi bilan borgandi. Muzokaralar yakunida Nazarboyev va Mirziyoyev bir qator hujjatlarni imzolashdi.

Mavzuga oid
Top