22:05 / 24.03.2017
9272

AQSh 30 shaxs va tashkilotlarga sanksiyalar kiritdi

Foto: AP

AQSh 21 mart kuni Eron, Shimoliy Koreya va Suriyaga qarshi kiritilgan sanksiyalar tartibini buzganlik uchun 10 ta davlatdan 30 ta tashkilot va fuqarolarga qarshi sanksiyalar kiritdi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti ma'lum qildi.

Jumladan, ro‘yxatda Xitoy va BAA fuqarolari nomlari qayd qilingan. 

Davlat departamentida ta'kidlanishicha, sanksiyalar bu shaxslar yashaydigan davlatlarga tatbiq qilinmaydi.

Top